Chechenistondagi kafeda SOBR va OMON jangchilari o‘rtasida otishma chiqdi
Olam
−
27 oktabr 2020 15533 1 daqiqa
Chechenistonda SOBR va OMON jangchilari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro Achxoy-Martan qishlog‘idagi Smile kafesidagi og‘zaki janjaldan boshlangan. Muassasa menejeri mast bo‘lgan ikki OMON xodimini – aka-uka Shamil va Shamxan Marzabekovlarni ko‘chaga olib chiqib, ularni tinchlantirishga harakat qilgan. U Rossiya gvardiyasining bir tanishidan mehmonlarga yordam berishni iltimos qiladi va voqea joyiga uchta SOBR jangchisi yetib keladi.
Xavfsizlik kuchlari avval pichoqlashishgan, so‘ngra bir-birlariga qarata o‘q uzishgan. Oqibatda uch kishi yaralangan, ikki kishi vafot etgan. Qurbonlar va jabrlanganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmagan.
Ayni paytda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust