Chavusho‘g‘li Rossiya va Ukraina urushi qancha davom etishi va qanday tugashini aytdi
Olam
−
24 noyabr 2022
16439Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi urush jang maydonidagi muvaffaqiyat bilan emas, balki u yoki bu tarzda muzokaralar stolida tugaydi. Bu fikrni kecha, 23 noyabr kuni Anqara universitetlaridan birida Turkiya tashqi siyosatiga bag‘ishlangan anjumanda so‘zlagan Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bildirdi.
Chavusho‘g‘li Rossiya Federatsiyasi va Ukraina Tashqi ishlar vazirlarining Antaliyadagi uchrashuvi hamda Rossiya Federatsiyasi va Ukraina delegatsiyalarining Istanbuldagi yuzma-yuz uchrashuvidan so‘ng tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga yaqin bo‘lganini eslatdi. Biroq, keyin tomonlar muloqotdan voz kechgan.
“Bugungi sharoit mart oyida bo‘lganidan keskin farq qiladi. Yangi haqiqatlar mavjud. Vaziyat murakkabroq, ammo umidni yo‘qotmaslik kerak”, deya ishonch bildiradi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi harbiy komponentga tayangan holda, urushning o‘nlab yillarga cho‘zilish xavfi bor.
Turkiya diplomatiyasi rahbari Anqaraning Rossiya-Ukraina urushini tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlariga e’tibor qaratdi.
Chavusho‘g‘li, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning shaxsiy sa’y-harakatlari tufayli Kiyev va Moskva o‘rtasida asirlar almashinuvi mumkin bo‘lganini eslatdi. Yana turk tomonining tashabbusi MAGATE bosh direktorining Rossiya davlat korporatsiyasi Rosatom delegatsiyasi bilan “Zaporoje” AES bo‘yicha uchrashuvi tashkil etildi.
Turkiya vazirining ta’kidlashicha, Prezident Erdo‘g‘an NATO yetakchilari orasida Ukraina va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari bilan teng huquqli muloqot qila oladigan yagona shaxsdir.
“NATOga a’zolik Rossiya yoki boshqa davlat bilan muloqotdan voz kechishni anglatmaydi. To‘g‘ri muvozanatni saqlash muhim”, deydi vazir.
LiveBarchasi