ChatGPT bilan shaxsiy suhbatlar sudda dalil bo‘lishi mumkin – OpenAI rahbari
Texnologiya
−
29 iyul 3963 2 daqiqa
Sun’iy intellekt bilan bo‘lgan shaxsiy suhbatlar, psixoterapevt yoki advokat bilan bo‘lgan suhbatlardan farqli o‘laroq sudda dalil sifatida ishlatilishi mumkin. Bu haqda OpenAI rahbari Sem Altman amerikalik komik Teo Vonning “This Past Weekend” podkastida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tobora ko‘proq odamlar psixologik yordam uchun ChatGPT’ga murojaat qilayotgan bo‘lsa-da, bu har doim ham xavfsiz bo‘lmasligi mumkin.
“Agar siz ChatGPT bilan eng shaxsiy masalalaringiz haqida muloqot qilayotgan bo‘lsangiz va keyinchalik sud ishi yoki shunga o‘xshash holat yuz bersa, biz buni taqdim etishga majburlashlari mumkin”, deydi Sem Altman.
U bunday holatni juda noto‘g‘ri deb hisoblashini aytib, sun’iy intellekt bilan yozishmalarda ham “xuddi shunday maxfiylik konsepsiyasi amal qilishi kerak”ligini ta’kidlagan.
“Qonun vrach yoki yurist bilan bo‘lgan muloqot sirini himoya qiladi – “vrachlik siri bor, yuridik maxfiylik mavjud”, ammo ChatGPT bilan muloqot qilganingizda bu qanday bo‘lishi haqida hali javob yo‘q”, deydi OpenAI rahbari.
Ma’lumot uchun, OpenAI ChatGPT sun’iy intellektli chat-botiga egalik qiluvchi kompaniya hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT kabi sun’iy intellektga asoslangan chat-botlar bilan muloqot ba’zi foydalanuvchilarda real haqiqatni qabul qilishda og‘ir buzilishlarga olib kelayotgani xabar qilingan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr