Charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2020
9468Joriy yilning 24-25 sentyabr kunlari Toshkent - Tokio - Toshkent yo‘nalishida charter repatriatsiya reysi amalga oshiriladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq bir oy mobaynida amalga oshirilishi belgilangan charter repatriatsiya reyslari jadvaliga qo‘shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra, Yaponiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish maqsadida joriy yilning 24-25 sentyabr kunlari Uzbekistan airways aviakompaniyasi Toshkent-Tokio-Toshkent yo‘nalishida parvozni amalga oshiradi.
Avvalroq, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun bir oy davomida amalga oshiriladigan charter reyslar ro‘yxati tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi