Charter reys orqali kelgan samarqandlik koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Rossiyadan charter reys orqali kelgan samarqandlik fuqaro koronavirusdan vafot etdi. Bu mamlakatda qayd etilgan o‘n to‘qqizinchi o‘lim holati hisoblanadi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, samarqandlik A. shu yilning 27 may kuni Sankt -Peterburgdan charter reys orqali yurtimizga kelgan va Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingandi. Unda joriy yilning 1 iyun kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlanib, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan ushbu bemor (erkak) uzoq yillar davomida o‘tkir leykoz, surunkali anemiya og‘ir darajasi va nafas yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.

Shu yilning 1 iyun kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, mamlakatdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining shifokorlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Biroq standartlar bo‘yicha ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

376

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing