“Charlie Hebdo”ning sobiq tahririyati yaqinida 4 kishi pichoqlandi. Jurnal Muhammad (s.a.v.)ni mazax qilgandi
Olam
−
25 Sentabr 2020
14848Bugun, 25 sentyabr kuni noma’lum shaxs pichoq bilan Parijning 11-okrugidagi janjalli mashhur "Charlie Hebdo" satirik haftalik nashri sobiq tahririyati yonida to‘rt kishini yaraladi. Bu haqda Fransiya mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Jinoyatchi qochishga muvaffaq bo‘ldi, ikki yaradorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Metropoliten politsiyasi voqea sodir bo‘lgan joyda shubhali paket topilgani haqida xabar berdi.
Hokimiyat aholini Fransiya poytaxtining ushbu tumaniga bormaslikka chaqirdi.
Biroq, tez orada politsiya hujumchining hibsga olingani haqida e’lon qildi. Uning shaxsi va voqea sabablari hanuzgacha noma’lum.
Fransiyaning "Charlie Hebdo" satirik haftalik nashri 2015 yil yanvar oyida tahririyatga qilingan hujumga sabab bo‘lgan payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalarini joriy yilning 1 sentyabr kuni qayta chop etdi. Nashr buni 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi arafasida amalga oshirdi.
Gap shundaki, bundan 5 yil avval "Charlie Hebdo" jurnali Muhammad (s.a.v.)ni hajv qilib chiqqani uchun, tahririyat terrorchilik harakati nishoniga aylangan edi. Unda 12 kishi qurbon bo‘ldi.
Hujum 2015 yilning 7 yanvar kuniga to‘g‘ri kelgan.
2 sentyabr kuni Fransiyada ilk hujum bilan bog‘liq sud ishi boshlandi. Unda 14 gumondor hozir bo‘ldi. Sud tinglovchi 10 noyabrga qadar davom etadi.
"Charlie Hebdo” jurnalida muqaddas Islom dinining so‘nggi payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi chop etilishi musulmon mamlakatlarning Fransiyaga qarshi e’tiroziga sabab bo‘lib, ziddiyatlarni oshirmoqda. Bunga nisbatan Turkiya va Eron munosabat bildirdi.
Prezident Emmanuel Makron tahririyat harakatlarini so‘z erkinligining ifodasi deb atadi.
LiveBarchasi