Chang-to‘zon ko‘tariladi – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
09:13 1190 1 daqiqa
Bugun, 10 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, kunduz kuni Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Shuningdek, Toshkent shahrida ham shamol tezligi 3-8 m/s ni tashkil etishi kutilmoqda
Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi