Bugun O‘zbekistonning 6 hududida kuchli chang-to‘zon bo‘ladi
Bu qiziq
−
21 iyul 3052 1 daqiqa
Bugun, 21 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi shamol tezligi respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida ba’zida 20–22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda shamol tezligi 12–14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21–24 iyul kunlari kutilgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.