Centrum Air kompaniyasi Istanbul–Toshkent reysi kechikkani sababini ma’lum qildi

Biznes

image

17 sentyabr kuni Centrum Air aviakompaniyasining C6 302 Istanbul–Toshkent reysi 3 soatdan ortiq kechikdi. Aviakompaniya mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, samolyotni parvozga tayyorlash jarayonida qo‘shimcha texnik tekshiruv zarurati aniqlangan. Shu munosabat bilan barcha tekshiruvlar yakunlanguniga qadar reysni kechiktirishga qaror qilingan.

Ta’kidlanishicha, reys vaqti o‘zgargani haqida yo‘lovchilarga SMS va elektron pochta orqali xabar berilgan, shuningdek, aviakompaniyaning rasmiy kanallarida ham e’lon qilingan.

Kompaniya 2026 yil avgust–sentyabr oylarida reyslarning 80 foizi jadvalga muvofiq amalga oshirilganini ma’lum qildi. Ayrim kechikishlar, jumladan, C6 302 reysidagi holat ham parvoz xavfsizligi va texnik xizmat ko‘rsatish talablari bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Aviakompaniya yo‘lovchilarga yetkazilgan noqulaylik uchun uzr so‘rab, kompensatsiya choralari, shartlari va tartibi rasmiy veb-saytda joylashtirilganini bildirdi.

Centrum Air matbuot xizmati


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing