“Sanjik” ishida qonun buzilish holatlari aniqlandi
Jamiyat
−
29 iyun 1773 2 daqiqa
Bugun, 29 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi yuzasidan apellyatsiya instansiya sud jarayonlari boshlandi. QALAMPIR.UZ mazkur sud ishida bevosita ishtirok etdi.
Ushbu sud majlisida Abdullajon Muxiddinov raislik qiluvchi sudya, ma’ruzachi sudya Umidbek Musayev hamda sudlov hay’ati sudyasi Anvar Do‘stmurodov ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda. Davlat qoralovchisi vazifasida esa Toshkent shahar prokuraturasining bo‘lim katta prokurori Sh.Shomirzayev qatnashdi.
Sud muhokamalarining ochiqligini ta’minlash, jarayonlardan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida QALAMPIR.UZ ushbu sud jarayonlarini yoritish uchun sudga Iltimosnoma kiritdi. Sud tomonlarning fikrini tinglagan holda Sanjar Karimovga oid sud jarayonini faqatgina foto tasvirlar yordamida yoritishga ruxsat berdi. Ya’ni ushbu sud ishidagi audio va video tasvirlar keng ommaga taqdim etilmaydi. Xosiyatan ochiq sud majlisi bo‘lsa-da.
Shundan so‘ng, muzokarachi sudya Umidbek Musayev tomonlarga kirish muhokamalarini boshlash uchun so‘z berdi. Ayblanuvchi Sanjar Karimovni 5 nafar advokat himoyasiga olgan bo‘lib, ular sudya Bahrom Berdiyev tomonidan chiqarilgan ayblov hukmida bir qancha noaniqliklar va qonun buzilish holatlari keltirilganligi haqida aytib o‘tdi. Jumladan, sud hukmida aynan qaysi turdagi narkotik modda nomi va sof og‘irligi keltirilmay mavhum qoldirilganligi, sud tergovida oshkor bo‘lgan Karimovning uyidagi tintuv jarayonlari noqonuniy va noxolis o‘tkazilgani, shuningdek, jabrlanuvchi Feruza Rahmatullayevaga nisbatan shaxsni o‘ldirish va zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish maqsad qilmaganini, bundan tashqari, ikkinchi jabrlanuvchi Shahlo Alimboyevaga zararni to‘liq qoplab bergan bo‘lsa-da, bular inobatga olinmagani aytib o‘tildi.
Jabrlanuvchi tomon Feruza Rahmatullayeva va uning himoyachisi sudya B.Berdiyevning sud qarori adolatli chiqarilganini va ayblov hukmidan norozi emasligini, haqiqatan Rahmatullayeva jabrlanuvchi maqomida ekanligini ma’lum qildi. Ikkinchi jabrlanuvchi Shaxlo Alimboyeva ham chiqarilgan sud qaroridan norozi emasligini bildirdi.
Tanishtiruv va kirish muhokamalari uzoq cho‘zilgani va sud vaqti chegaralanganligi bois mazkur sud jarayonida tanaffus e’lon qilindi. Voqealar rivojini QALAMPIR.UZ'da kuzatib boring.

Live
Barchasi