“C5+1” muloqoti davom etishidan umidvormiz – Bayden Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

“Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tinch, baxtli va farovon bo‘lishini tilamoqchiman.

Afg‘onistonda urushga chek qo‘yadigan, barqaror va diplomatik yechimni ta’minlaydigan tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlarimizda Navro‘z bayrami tinchlik nihoyatda muhim ne’mat ekanini eslatib turadi.

Joriy yilda O‘zbekiston mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Keyingi yillarda Siz muhim islohotlarni amalga oshirdingiz va mening Administratsiyam bu muvaffaqiyatni davom ettirish uchun mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Biz, shuningdek, besh yil avval Davlat kotibi Jon Kerri rahbarligida boshlangan “C5+1” muloqoti doirasidagi hamkorlik davom etishidan umidvormiz.

Sizga va O‘zbekiston xalqiga shu yangi yilda va yangi bahor faslida eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Navro‘z muborak!”, deyiladi AQSH rahbarining tabrigida.

Avvalroq, AQSH Prezidenti Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevni Navro‘z bayrami munosabati bilan tabriklagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing