“Byudjetnik”larning o‘zbek tilini bilishi shart qilib qo‘yilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari xodimlarining o‘zbek tilini bilishi majburiy qilib belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Deputatga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasida quyidagicha qo‘shimcha kiritilmoqda:

“Davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari o‘zining xizmat va professional vazifalarini bajarishi uchun davlat tilini bilishlari shart.

Davlat organlari va tashkilotlari kasb, mutaxassislik, lavozim vazifalarini bajarish uchun davlat tilini bilmaydigan o‘z xodimlariga davlat tilini o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi”.

Ta’kidlanishicha, Germaniya, Fransiya, Gruziya, Latviya, Ukraina, Rossiya, Qirg‘iziston qonunchiligida shunday mazmundagi talablar allaqachon belgilangan.

“Xatto Qirg‘izistonda parlamentning 2012 yildagi qaroriga ko‘ra, davlat xizmatchilarining qirg‘iz tilini bilmasligi javobgarlikka sabab bo‘larkan”, deydi Kusherboyev.

Hozirda qonun loyihasi siyosiy partiyalarning fraksiyalari tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

“Menimcha mantiqan to‘g‘ri va asosli kiritilayotgan qo‘shimcha. Agar qabul qilinsa davlat idoralarida mehnat qiladigan  ayrim mas’ullarning davlat tiliga bo‘lgan e’tibori tubdan o‘zgarsa kerak”, degan Rasul Kusherboyev ushbu qo‘shimchaga munosabat bildirib.

Avvalroq, O‘zbekistonda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

qonun Davlat tili

Baholaganlar

303

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing