Byudjet tashkilotlari xodimlarining maoshi to‘liq plastik kartaga o‘tkaziladi
Jamiyat
−
21 may 2019
5584Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov byudjet sohasidagi ishchilarning oylik maoshlarini to‘liq plastik kartaga o‘tkazilishi haqidagi rejalarini aytdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Hozir Toshkentda Humo to‘lov tizimi ishga tushirilmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz – maoshlarni to‘liq plastik kartaga o‘tkazishdir. Hozir 2000 dan ortiq bankomatlar olib kelinmoqda va ularga dasturiy ta’minotlar o‘rnatilmoqda. Biz naqd valyutani bankomatlar orqali olish uchun sharoit yaratamiz. Humo tizimi ishga tushganidan keyin ushbu masala to‘liq hal bo‘ladi”, degan Markaziy bank rahbari.
Nurmuratovning aytishiga qaraganda, tijorat banklari maoshgacha qarz berib turish hamda kredit kartalarni ishga tushirishni joriy etishni boshlab yuborgan.
LiveBarchasi