Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlarni to‘lash 1 yanvargacha to‘xtatib qo‘yildi

Jamiyat

image

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatib turish muddati uzaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kecha, 21 sentyabr kuni qabul qilingan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi. 

Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, OTMlarning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishining to‘xtatib turilishi 2020 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari).

Shuningdek, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan 224 mlrd 288 mln so‘m xarajatlar maqbullashtirildi.

Qarorga ko‘ra:

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining tasdiqlangan daromadlar prognozining bajarilmasligi hisobiga xarajatlarning maqbullashtirilgan qismi – respublika byudjetiga;

•    ushbu qarorga muvofiq maqbullashtirilgan mablag‘lar – Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. 

Qaror bilan respublika va mahalliy byudjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori Byudjet tashkilotlari

Baholaganlar

654

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing