Byudjet kodeksining 6 ta moddasi o‘zgartiriladi
Olam
−
24 avgust 2019
3842Bugun, 24 avgust kuni Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Mazkur qonun jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish orqali davlat hokimiyati faoliyati oshkoraligi hamda turli ijtimoiy institutlarning faolligini oshirish uchun ishlab chiqilgan. Qonun bilan 1 ta kodeks va 8 ta qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, byudjet mablag‘larining shakllantirilishi va sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi dolzarb vazifalarni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 6 ta moddasiga ham o‘zgartirishlar kirtilyapti.
Mazkur qonunni 80 nafar senator qo‘llab-quvvatladi.3 nafar senator o‘z ovozini bermadi.
LiveBarchasi