Buzilishi kerak bo‘lgan ko‘chmas mulk narxi qanday aniqlanadi?

Jamiyat

image
1 apreldan Toshkentda uy sotib olayotganda propiska talab qilinmaydi north_east

1 apreldan Toshkentda uy sotib olayotganda propiska talab qilinmaydi

Yer uchastkasining olib qo‘yilishi munosabati bilan olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini, shu jumladan olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni baholash tartibi haqida nizom tasdiqlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida qayd etildi.

Hujjatga muvofiq, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan va buzilishi kerak bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlari, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar – yer uchastkasining olib qo‘yilishi va ko‘chmas mulk ob’ektlarining buzilishi munosabati bilan baholash ob’ektlari hisoblanadi.

Baholash ob’ektining bozor qiymati aniqlanishi shart. Bunda baholash ob’ektining qiymati bevosita yerning olib qo‘yish haqida qaror qabul qilinishidan oldin, yerning kelajakda olib qo‘yilishi haqidagi xabar uning qiymatiga ta’sir qilmaydigan paytdagi narxiga nisbatan aniqlanadi.

Baholash ob’ektini baholash baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Baholash ob’ektini baholashdan o‘tkazish natijalari baholash to‘g‘risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi. Baholash haqidagi hisobot, agar u tuzilgan paytdan boshlab olti oy davomida baholash tashabbuskori va ko‘chmas mulk ob’ektining mulkdori o‘rtasida kompensatsiya berish haqida qonunchilikda belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan yozma shartnoma tuzilmagan bo‘lsa haqiqiy emas deb topiladi.

Baholovchi tashkilot va baholovchilar o‘z faoliyatida mustaqildirlar. Baholash jarayoniga yoxud baholovchilar yoki baholovchi tashkilotlar faoliyatiga hech qanday aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi.

Baholash buyurtmachisi faqatgina baholash ob’ektining mulkdori yoki uning ishonchli vakili bo‘lishi mumkin.

Baholash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kenesi yoki Xalq deputatlarining tegishli kengashlari tomonidan yer uchastkasini olib qo‘yish haqidagi qaror qabul qilingandan keyin va kompensatsiya haqidagi notarial tasdiqlangan yozma shartnoma tuzilishidan oldin amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'chmas mulk qaror loyihasi

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing