Janubiy Koreya Prezidenti uysiz qoldi

Olam

image

Janubiy Koreya Prezidenti Li Je Myon o‘zining yagona kvartirasini sotib yubordi va rasman uysiz qoldi. Bu haqda u kecha, 15 iyul kuni uy-joy siyosati masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya Prezidenti Seul yaqinida joylashgan Sonnam shahridagi yagona kvartirasini shu yilning fevral oyida sotuvga qo‘ygan. U ko‘chmas mulk bozorini barqarorlashtirish bo‘yicha o‘zi olib borayotgan chora-tadbirlarga fuqarolarning ishonchini oshirish maqsadida shunday yo‘l tutgan.

“Endi mening uyim yo‘q”, deydi Li Je Myon.

U ushbu kvartiraga rafiqasi – birinchi xonim Kim Xe Gyon bilan birgalikda egalik qilgan. Aniqlik kiritilishicha, hozirda sotish bo‘yicha dastlabki shartnoma imzolangan, yaqin kunlarda esa asosiy shartnoma ham imzolanadi.

“Choson ilbo” gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, Prezident tomonidan sotilgan kvartiraning maydoni 164 kvadrat metrni tashkil etadi va u 1998 yildan buyon uning mulki bo‘lgan. Fevral oyida Li Je Myon ushbu uyni 2,9 milliard von (taxminan 1,9 million AQSH dollari) narxida sotuvga qo‘ygan va u aynan shu narxda sotilgan.

Davlat rahbarining o‘zi hozirgi vaqtda rafiqasi bilan birga Seulning Xannamdon tumanidagi rasmiy Prezident qarorgohida istiqomat qilmoqda.

“Yonhap”ning aniqlik kiritishicha, hozirgi vaqtda Janubiy Koreya hukumati o‘zlari yashamaydigan uy-joy egalarini ko‘chmas mulkni keyinchalik investitsiya qilish yoki spekulyatsiya uchun ushlab turmasdan, tezroq sotishga undaydigan siyosat olib bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing