Buyum bozorlari qanday talablar asosida faoliyat olib borishi belgilandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 avgustidan buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 20 avgustdan boshlab:

•    buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyati (sanitar tozalash ishlarini o‘tkazish uchun haftada bir marta sanitar kunini e’lon qilgan holda). Bunda, supermarket va boshqa yirik do‘konlar:

•    kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to‘shaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lishini, shuningdek, ushbu ob’ektlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlash talab etiladi;

•    ishchi, xizmat, umumiy sanitar-gigiyenik uzel xonalarini, yirik sig‘im maydonlarini (xonalarini) va havo aylantirish tizimini ultrabinafsha zararsizlantirish anjomlari bilan jihozlash choralarini ko‘rishi lozim.

Sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar faoliyati. Ushbu ob’ektlar faoliyatini amalga oshirishda:

•    ularning doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;

•    xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;

•    har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37°S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish, ijtimoiy masofani ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan jamoaviy sport turlarini o‘tkazmaslik talab etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing