“Buyuk Isroil” g‘oyasi qanchalik real? Rasmiy pozitsiya ochiqlandi
Olam
−
27 mart 11742 2 daqiqa
Turkiya, Iroq, Suriya, Saudiya Arabistoni, Misr, Iordaniya chegaralarini o‘ziga olgan “Buyuk Isroil” g‘oyasi Isroil hukumatining siyosati emas. Bu haqda QALAMPIR.UZ bilan suhbatda Isroilning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustig ma’lum qildi.
Yaqin Sharqdagi 10 ga yaqin davlatlar chegaralarini o‘ziga olgan “Buyuk Isroil” g‘oyasi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama qilinadi. Shu nuqtai nazardan, bu kabi qarashlar qay darajada real siyosatni aks ettirishi va Isroil rasmiy pozitsiyasi bu borada qanday ekanligi haqidagi savolga javob berar ekan, elchi bu ijtimoiy tarmoqdagi shov-shuvdan boshqa narsa emasligini qayd etdi.
“Menimcha, bunga o‘zingiz javob berdingiz. Siz ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez eshitamiz dedingiz. Bugungi kundagi muammo shundaki, har qanday g‘oyaga ega bo‘lgan odam, hatto bu noto‘g‘ri yoki bir tomonlama g‘oya bo‘lsa ham uni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishi va go‘yoki bu haqiqatdek taqdim etishi mumkin va odamlar bunga munosabat bildirishadi. Ilgari bunday emas edi. OAVga faqat jiddiy g‘oyalarga ega odamlar kelib, ularni taqdim eta olishardi”, dedi u.
Diplomatning qayd etishicha, bunday ekstremal g‘oyalarning haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q va bu Isroil hukumatining siyosati emas.
“Men kafolat bera olamanki, bu Isroil hukumatining siyosati emas”, dedi u.
Ushbu intervyuni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube-kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust