Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri kimligi aniq bo‘ldi
Olam
−
23 iyul 2019
9793Londonning sobiq meri, Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Konservatorlar partiyasining yangi raisi etib saylandi. Endi u mamlakat Bosh vaziri bo‘ladi.
Jonson ertaga, 24 iyul kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri sifatida rasman ish boshlaydi.
Bosh vazirlik uchun kurashda Jonson tashqi ishlar vaziri Jeremi Xartni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida Tereza Mey iste’foga chiqishini ma’lum qilgach, konservatorlar o‘zlariga yangi rahbar va mamlakatga Bosh vazir saylashi kerak bo‘ldi. Mey Brexit atrofidagi mojarolar sabab lavozimni tark etdi.
Boris Jonson 2008-2016 yillarda London meri bo‘lgan. Keyin ikki yil davomida Britaniya TIVga rahbarlik qildi. U Brexit masalasida Mey bilan qarashlari to‘g‘ri kelmagani uchun lavozimni tark etgandi. Jonson Britaniya 2019 yilning oktyabrida Yevropa Ittifoqidan chiqishi tarafdori.
LiveBarchasi