Buyuk Britaniyalik Dua Lipa Albaniya fuqaroligini qabul qildi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 27 noyabr kuni Buyuk Britaniyalik xonanda Dua Lipa Albaniya poytaxti Tirana shahrida mamlakat Prezidenti Bayram Begay va shahar meri Veliay Erondan Albaniya fuqarolik pasportini qabul qilib oldi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Asli kelib chiqishi albaniyalik bo‘lgan xonanda Dua Lipaga fuqarolik pasportini topshirish marosimi Albaniya mustaqilligining 110 yilligi arafasida bo‘lib o‘tgan. Prezident Bayram Begay marosimdan keyin Twitter’da yozgan xabarida Dua Lipani “betakror” deb atagan.

“Betakror Dua Lipaga farmon bilan Albaniya fuqaroligini sovg‘a qilganimdan xursandman. U o‘zini xalqaro maydondagi faoliyati va ijtimoiy hayotdagi ishtiroki bilan bizni g‘ururlantiradi”, deydi Albaniya Prezidenti.

Xonanda Dua Lipaning o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlardagi bir necha o‘n millionlik obunachilariga yangilikni yetkazgan.

“Bu sharaf uchun Prezident Bayram Begay va shahar meri Veliay Eronga rahmat. Men Albaniya fuqaroligini oldim. Men bundan faxrlanaman”, deydi xonanda.

Shuningdek, Tirana shahrining 43 yoshli meri Veliay Eron ham o‘zining Twitter sahifasida Dua Lipaga fuqarolik berish marosimidan suratlar joylab, uning bugun, 28 noyabr kungi Tirana shahrida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi afishasi bilan bo‘lishgan.

Ma’lumot o‘rnida, Dua Lipaning ota-onasi XX asrning 90 yillarida Kosovodan Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan bo‘lib, ular Kosovodagi albanlardan bo‘lgan. Dua Lipa 1995 yilning 22 avgust kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida tug‘ilgan.

U 2016 yilda o‘z otasi bilan “Sunny Hill” nomli fondga asos solgan bo‘lib, bu fond moliyaviy qiyinchilikka duchor bo‘lgan kosovalik odamlarga yordam berish bilan shug‘ullanib keladi.

Dua Lipa 2017 yilda kuylangan “New Rules” qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube tarmog‘ida 2,7 milliard marotaba ko‘rilgan. Sean Paul bilan kuylangan “No Lie” qo‘shig‘iga ishlangan klip esa 1 milliard marotaba tomosha qilingan. Xonanda 2019 va 2021 yillarda “Grammy” mukofotini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

pasport Dua Lipa Albaniya

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing