Buyuk Britaniyada koronavirusning yanada yuqumliroq shtammi aniqlandi
Olam
−
17 aprel 2021
4032Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasining yangi mutant turi qayd etildi. Mutatsiya koronavirusning Janubiy Afrika va Braziliya variantlariga qaraganda yuqumliroq bo‘lishi mumkin.
"Sog‘liqni saqlash boshqarmasi yangi koronavirus turiga "ko‘rib chiqilayotgan variant" maqomini berdi. Dastlab Hindistonda aniqlangan shtamm bir nechta mutatsiyalarga ega", deyilgan vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda yangi shtamm bilan kasallanishning 77 ta holati tasdiqlangan. Mutaxassislar yuqtirgan odam bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan shaxslarni aniqlamoqda.
Sharqiy Angliya universiteti tibbiyot professori Pol Xanter yangi virus shtammida ikkita protein mutatsiyasi mavjudligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq, JSST koronavirusning "britancha", VOC 202012/01 shtammi qayd etilgan davlatlarning umumiy soni 132 taga yetganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi