“Liverpul”dan keyin “Manchester Siti” ham g‘alaba qozondi

Sport

image

Angliya premer ligasining 37 turidan o‘rin olgan so‘nggi bahs ham o‘tkazildi. “Manchester Siti” o‘z maydonida “Lester Siti”ni qabul qildi.

O‘yinning ahamiyati “shaharliklar” uchun juda yuqori edi. Negaki bir kun oldin asosiy raqobatchi “Liverpul” o‘z o‘yinida g‘alaba qozongan edi. 

Shu sababdan “Siti” bu turda durrang o‘ynashga ham haqqi yo‘q edi. Bahsni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazgan Gvardiola shogirdlari uchrashuvning 70-daqiqasida Kompani tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonib, yana birinchi o‘ringa qaytdi.

“Manchester Siti” – “Lester” 1:0 (0:0, 1:0).
Manchester shahri, “Etixad Stedium” stadioni.

Gol: Kompani (70, 1:0).

“Manchester Siti”: Ederson, Laport, Kompani, Uoker, Zinchenko, Silva (Stounz, 90), Gyundogan, Bernardu Silva, Foden (Sane, 56), Sterling, Aguero (Jezus, 86)

“Lester”: Shmeyxel, Maguayr, Rikardu Pereyra, Chiluell, Evans, Chouduri, Ndidi, Olbrayton (Grey, 86), Tilemans (Barns, 75), Meddison (Ixeanacho, 80), Vardi.

Ogohlantirishlar: Silva (22), Kompani (45), Jezus (89), Ixeanacho (90).


Maqola muallifi

Teglar

APL

Baholaganlar

4

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing