Buyuk Britaniya Yevropadan yana bir qadam “chekinadi”

Olam

image

London inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa qonunlariga rioya qilishni to‘xtatmoqchi. Bu haqida “The Sunday Telegraph” gazetasi yozmoqda.

Nashrning xabar berishicha, 2 mart kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Britaniya tomoni 1953 yilda kuchga kirgan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining qoidalarini qabul qilishdan bosh tortadi.

Gazetaning yozishicha, Buyuk Britaniyaning amaldagi tashqi ishlar vaziri Dominik Raab va Ichki ishlar vaziri Priti Patel ilgari ushbu konvensiyani tanqid qilgan. Ularning fikricha, yevropalik sudyalar hujjatni o‘z foydalariga ishlatmoqda. Bosh vazirning asosiy maslahatchisi Dominik Kammings ham Buyuk Britaniya ushbu konvensiya majburiyatlarini rad etishining jiddiy tarafdori.

"Biz inson huquqlariga o‘z imkoniyatlarimiz doirasida amal qilamiz", deb yozmoqda nashr hukmron Konservativ partiyasidagi manbaning so‘zlariga asoslanib.

Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish shartlari bo‘yicha uch yillik muzokaralardan so‘ng, 2020 yil 1 fevralga o‘tar kechasi uni rasman tark etdi. Bryussel va London 2020 yil oxirigacha o‘tish davri to‘g‘risida kelishib oldi. Bu davr ichida barcha Yevropa standartlari Birlashgan Qirollikda amalda bo‘ladi. Ushbu davr mobaynida tomonlar kelgusidagi munosabatlar, birinchi navbatda, ikki tomonlama savdo tartib-taomillari to‘g‘risida kelishib olishlari kerak. London o‘tish davrini uzaytirish niyatida emasligini bildirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Buyuk Britaniya

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing