Buyuk Britaniya Ukrainaga uranli snaryadlar yubordi 

Olam

image

Buyuk Britaniya Ukrainaga Challenger 2 tanklari uchun minglab snaryadlar, jumladan, tarkibida uran bo‘lgan o‘q-dorilar yubordi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippining deputat Kenni Makaskillning savollariga yozma yo‘llagan javoblarida aytiladi.

"Biz Ukrainaga minglab Challenger 2 snaryadlarini, jumladan, zirhni teshuvchi uranli o‘qlarni jo‘natdik. Operatsion xavfsizlik nuqtai nazaridan biz yetkazib bergan to‘plamlarning ishlashi haqida izoh bermaymiz", degan Xippi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari Buyuk Britaniya tomonidan yetkazib berilgan Challenger 2 tanklari va uranli o‘q-dorilar Ukrainaga topshirilgani, endi ular Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan nazorat qilinishini ma’lum qilgan.

“Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan uranli o‘q-dorilar qo‘llanilgan joylarni kuzatmaydi", deyiladi yozma javobda.

Bundan tashqari, Qirollik Mudofaa vazirligi urush tugagandan so‘ng Buyuk Britaniyada uran snaryadlarini tozalash majburiyati yo‘qligini aytgan.

Shu bilan birga departament boshlig‘i o‘rinbosari London mojaro tugaganidan so‘ng Ukrainaning xavfsiz, farovon va erkin mamlakatga aylanishiga yordam berish niyatida ekanligiga ishontirgan.

Eslatib o‘tamiz, Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari baronessa Annabel Goldi hukumat Ukrainaga zirhli transport vositalarini yo‘q qilish samaradorligini oshiradigan, tarkibida uran bo‘lgan snaryadlar yetkazib berishini e’lon qilgan edi. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bu harakat yadroviy to‘qnashuv tobora yaqinlashayotganini anglatishini aytdi. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ham agar Buyuk Britaniya bunga qaror qilsa, birinchi navbatda Yevropaga ta’sir qiladigan global fojia sodir bo‘lishidan ogohlantirgan edi. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli esa Ukrainaga tarkibida uran bo‘lgan snaryadlarni yetkazib berish mojaroning yadroviy kuchayishiga olib kelmasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Britaniya uran snaryadlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing