Buyuk Britaniya Rossiya bilan urush uchun Ukrainaga qurol-yarog‘ yubordi

Olam

image

Rossiya Ukarina chegarasida 100 000 dan ortiq qo‘shin to‘plashi ortidan Buyuk Britaniya Ukrainani qisqa masofadan hujum qilishga mo‘ljallangan anti-tank artilleriyalari bilan ta’nimlamoqda. Bu haqda bugun, 18 yanvar kuni Britaniya Mudofaa kotibi ma’lum qilgan. 

Bundan tashqari, Mudofaa kotibi Ben Uollesga ko‘ra, kichik otryadlardan iborat ingliz armiyasi qo‘shinlari harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Ukrainaga yuborilmoqda. 

Uning bildirishicha, “Rossiya tomonidan Ukrainaga tug‘dirilayotgan xavfning ehtimoliylik darajasi ortmoqda va bunday vaziyatda Ukarinani yolg‘iz qo‘ymaslik ham hamkorlik, ham qonuniy shartnomalar tamoyiliga muvofiq hisoblanadi”.  

Rossiya G‘arbning xavotirli bayonotlariga javoban, Ukrainaga hujum qilmasligini ma’lum qilmoqda. 

Britaniya Mudofaa kotibi Ben Uolles, G‘arb Ukrainaga mudofaa sohasida asosiy yordamdan tashqari, qo‘shimcha yordamlarni ham ko‘rsatishini bildirgan. 
 
Ma’lum qilinishicha, 2014 yil Qrimning Rossiya qo‘liga o‘tishi ortidan 2015 yildan boshlab Birlashgan Qirollik harbiylari Ukrainada tinimsiz mashg‘ulot va treninglar o‘tkazib kelishmoqda. Qrim anneksiyasidan keyin Britaniya Ukrainada mamlakat harbiy flotini qayta tashkil etishda yaqindan yordam bergan. 

Britaniya Mudofaa kotibiyatining ochiqlashicha, kecha, 17 yanvar kuni Ukrainaga zirhli harbiy transportlarga qarshi yengil qurol-yarog‘larning birinchi partiyasi yuborilgan. Ammo, kotib jo‘natilgan qurollar aynan qanday turdagi ekani haqida hech qanday ma’lumotni oshkor qilmagan. 

“Ukarina to‘laqonli o‘zining xavfsizligini ta’minlash huquqiga ega, bu yo‘lda ularga kecha biz birinchi partiyasini yuborgan qurol-yarog‘lar yaqindan ko‘maklashadi. Ochig‘ini aytaman, bu qurollar yaqindan hujum qilishga mo‘ljallagan bo‘lib, Rossiya uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Ular strategik qurol emas, Ukraina ulardan o‘zini himoya qilish uchun foydalanadi”, degan Mudofa kotibi Uolles Britaniya Parlamentida qilgan nutqida. 

Yana uning qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiya Ukrainadagi vaziyatni izdan chiqarishga urinadigan bo‘lsa, G‘arb unga qarshi “yangi” sanksiyalar paketini tayyorlab qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Oq Uy Matbuot kotibi Jen Psaki Rossiya qachon Ukraina hududiga bostirib kirishi haqida ma’lum qilgan edi. Unga qo‘ra, Moskva Kiyevga joriy yilning yanvar-fevral oylarida hujum qilishni ko‘zlamoqda.

“Biz Rossiya hukumati bosqinga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xavotirdamiz. Biz buni avval ham ko‘rganmiz. Bu voqealar bizga 2014 yil, Rossiya Ukraina sharqidagi kuchlarga qarshi hujum qilish uchun ularga qarshi sabotaj va axborot operatsiyalari uyushtirgan paytni eslatmoqda. Rossiya harbiy rejalari yanvar va fevral o‘rtalarida boshlashi mumkin”, degan Psaki. 

Buning ortidan Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Oq uyning Ukrainaga bosqin uyushtirish vaqti haqidagi bayonotini “soxta va axborot bosimi” deya atagan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Buyuk Britaniya

Baholaganlar

350

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing