Buyuk Britaniya Kara Murza ishi yuzasidan Rossiya elchisini chaqirtirdi

Olam

image

Bugun, 17 aprel kuni Britaniya hukumati Rossiya elchisini chaqirib, Kremlning ochiq tanqidchisi Vladimir Kara-Murzaning siyosiy sabablarga ko‘ra hukm qilinishi qoraladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

“Rossiyaning asosiy inson huquqlarini, jumladan, so‘z erkinligini himoya qilishga sodiq emasligi xavotir uyg‘otadi. Biz Rossiyani xalqaro majburiyatlarga, shu jumladan, Vladimir Kara-Murzaning tegishli tibbiy yordam olish huquqiga rioya qilishga chaqirishda davom etamiz”, deydi Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli.

Britaniya hukumati Kara-Murza ishini ko‘rib chiqqan sudyaga inson huquqlari buzilishiga aloqadorligi uchun sanksiya kiritgan va muxolifatchining qamoqqa olinishiga aloqadorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha keyingi choralarni ko‘rib chiqishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, yillar davomida prezident Vladimir Putinga qarshi gapirgan hamda G‘arb hukumatlarini Rossiya va ayrim fuqarolariga inson huquqlarini buzganliklari uchun sanksiyalar kiritishda lobbilik qilgan Kara-Murzada ham Rossiya, ham Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 17 aprel kuni Moskva sudi Vladimir Kara-Murzani davlatga xiyonat va u rad etgan boshqa jinoyatlarda aybdor deb topib, uni 25 yilga qamoq jazosiga hukm qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin Britaniya Kara-Murza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing