Buyuk Britaniya Kaddafiyning rafiqasiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

Olam

image

Buyuk Britaniya Liviya sobiq rahbari Muammar Kaddafiyning bevasi Safiya Farkashga nisbatan sanksiyalarni yengillashtirdi va uning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi. Buni Britaniya hukumati saytidagi yangilangan sanksiyalar ro‘yxati tasdiqlaydi.

London tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashining 2011 yildagi 1970-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, Liviya xalqiga qarshi zo‘ravonliklarda qatnashgani uchun o‘n besh liviyalik mansabdor orasida Kaddafiy va uning yaqinlariga nisbatan cheklov choralari joriy etilgan edi.

Britaniya hukumatiga ko‘ra, Farkash Ummon davlati pasportiga ega. Hozirda esa 71 yashar sobiq birinchi xonim Misrda yashayotgani taxmin qilinmoqda. U 2011 yildagi qo‘zg‘olonlar ortidan mamlakatni tark etgan va 2016 yil aprel oyida hukumat Kaddafiy tarafdorlarini tinchlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari doirasida Safiya Kaddafiyga Liviyaga qaytishga ruxsat bergan edi.

Ma’lumot uchun, Farkash (qizlik familiyasi al-Brasai) Kaddafiyning Fathiya Nuri Holiddan keyingi ikkinchi xotini va sakkiz farzandidan yetti nafarining onasi edi. Ular 1970 yilda turmush qurishgan va Kaddafiy 2011 yilda fuqarolar urushi paytida o‘ldirilgunga qadar birga yashagan.

Kaddafiy haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni QALAMPIR.UZ'ning ushbu maqolasida o‘qishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya taqiq Muammar Kaddafiy Safiya Farkash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing