Buyuk Britaniya elita bo‘linmasi jangchilarini Ukrainaga yubordi
Olam
−
21 yanvar 2022
8052Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlarining maxsus operatsiyalar uchun tashkil etilgan elita harbiy bo‘linmasining 30 nafar jangchisini Ukrainaga yubordi. Ular Sharqiy Yevropa mamlakati harbiylariga yaqinlashayotgan Rossiya “bosqini” oldidan Buyuk Britaniya hadya qilgan yangi tankka qarshi vositalardan foydalanishni o‘rgatadi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Sara jangchilar Buyuk Britaniya Ukrainaga 2000 ta tankka qarshi raketa sovg‘a qilishi ortidan ushbu mamlakatga yuborildi.
“Ular (raketa) mudofaa uchun foydalanilishi kerak. Britaniya harbiy bo‘linmasining kichik guruhi “Orbital” operatsiyasi doirasida dastlabki tayyorgarlikni o‘tkazadi. Ular vazifasi yakunlangach, Buyuk Britaniyaga qaytadi”, degan Mudofaa vaziri Ben Uolles.
Nashrning yozishicha, Britaniya Ukrainaga ko‘rsatilgan yordam Rossiyaga xavf tug‘dirmasligini ta’kidlamoqda.
“Aniqlik kiritishimga ijozat bersangiz: bu qurol yaqin masofada mudofalanish uchun mo‘ljallangan. U strategik qurol emas va Rossiyaga tahdid solmaydi”, degan Mudofaa vaziri.
Ammo Rossiya bu harakatga shubha bilan qaramoqda. Rossiyaning Britaniyadagi elchixonasi Twitter’da shunday munosabat qoldirgan:
“Buyuk Britaniyadan Ukrainaga qirg‘in qurolining yetkazib berilishi inqirozni avj oldirishi kundek ravshan”.
“Orbital” operatsiyasi –Rossiya Qrimni anneksiya qilganidan keyin Britaniya tomonidan 2015 yilda Ukrainada tashkil qilingan mashq missiyasi.
Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Britaniya Ukrainaga qurol yuborayotganini, allaqachon oltita reys kelganini aytib o‘tgandi.
Bundan tashqari, Kanada ham maxsus topshiriqlar bo‘linmasining kichik kontingentini NATO harbiy alyansi va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda Ukrainaga joylashtirgandi.
LiveBarchasi