Buyuk Britaniya Chagos orollarini Mavrikiyga qaytardi

Olam

image

Buyuk Britaniya Hind okeanidagi Chagos arxipelagi (orollar guruhi) suverenitetini Mavrikiyga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Buyuk Britaniya va Mavrikiy hukumatlari tomonidan qo‘shma bayonot e’lon qilingan bo‘lib, ushbu kelishuv “o‘tmishdagi xatolarni tuzatishga” qaratilgan hamda Chagos aholisining farovonligini ta’minlashga yordam berishni maqsad qiladi.

Qayd etilishicha, Chagos arxipelagidagi Diyego-Garsiya orolida Buyuk Britaniya va AQSHning qo‘shma harbiy bazasi joylashgan. Bu baza mintaqaviy barqarorlik va xalqaro xavfsizlikda muhim rol o‘ynaydi. Kelishuvga ko‘ra, harbiy baza keyingi kamida 99 yil davomida Britaniya hukumatining nazorati ostida qoladi. Mavrikiy esa Chagos orollariga qayta joylashtirish dasturini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi (faqat Diyego-Garsiya bundan mustasno), va Buyuk Britaniya arxipelag aholisi uchun qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Ushbu kelishuv xalqaro diplomatiya orqali davlatlar o‘z tarixiy muammolarini tinch va manfaatli tarzda hal qilishlari mumkinligining dalili sifatida ko‘rsatilmoqda.

“Mazkur kelishuv xalqaro shartnomaga asoslanadi va tomonlar uni imkon qadar tezroq yakunlashni va’da qilishdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Chagos arxipelagi 1965 yilda Mavrikiydan ajratib olingan va u vaqtda mamlakat Britaniya mustamlakasi bo‘lgan. Britaniya uni 3 million funtga sotib olgan va Hind okeanidagi o‘z yeri deb e’lon qilgan. 1970 yillarda esa arxipelagning 2 mingga yaqin aholisi Buyuk Britaniya hukumati tomonidan Mavrikiy va Seyshel orollariga ko‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Chagos Mavrikiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made