Buyuk Britaniya Bosh vazir qachon ish boshlashi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Hozirda COVID-19 dan davolanayotgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson 27 aprel, dushanba kuni o‘z ishiga qaytmoqchi. Bu haqda “The Daily Telegraph” gazetasi yozmoqda.

Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida Britaniya bosh vaziri “juda ko‘p va to‘liq ishlagan”.

Gazetaga ko‘ra, Jonson allaqachon o‘z yordamchilariga kelgusi haftadagi ish jadvaliga turli vazirlar bilan uchrashuvlarni kiritishni buyurgan.

27 mart kuni Jonson koronavirus yuqtirib olganini e’lon qildi. 6 aprel kuni uni reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazishdi va u yerda uch kun yotdi. Shundan so‘ng, bosh vazir odatdagi palataga joylashtirildi. U 12 aprel kuni kasalxonadan chiqarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Boris Jonson

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing