Buyuk Britaniya boks bo‘yicha JCH uchun tarkibini e’lon qildi
Sport
−
21 Oktabr 2021
2087Buyuk Britaniya boks terma jamoasi 2021 yil Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdagi bokschilar Rob Makreken boshchiligidagi murabbiylar tomonidan musobaqada ishtirok etish uchun tanlab olingan.
Britaniyalik bokschilar O‘zbekiston, Hindiston va Rossiyadan farqli ravishda 13 ta emas, balki 8 vazn toifasida bahslarga kirishadi.
51 kg:
Kiran Makdonald
57 kg:
Nayl Farrel
67 kg:
Xarvi Lambert
71 kg:
Xarris Akbar
75 kg:
Lyuis Richardson
80 kg:
Jorj Krotti
92 kg:
Lyuis Uilyams
+92 kg:
Delishes Oriye
“Bu yangi avlod bokschilar uchun katta turnirda o‘z iqtidorini namoyish etish uchun imkoniyatdir, chunki 2020 yilgi Tokio Olimpiadasidagi yetti raqib tanlovga kiritilmagan” deyiladi “GB boxing” xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Jalol Yafay va sovrindor bo‘lgan Freyzer Klark, Piter Makgril, Pet Makkormak va Benjamen Uittaker Jahon chempionatida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, joriy yil 24 oktyabrdan 6 noyabrga qadar bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining oltin medal sohiblariga 100 ming AQSH dollari, kumush medal egalariga 50 ming AQSH dollari, bronza medal sovrindorlariga esa 25 ming AQSH dollari mukofot sifatida taqdim etiladi.
LiveBarchasi