Butun O‘zbekiston bo‘ylab metan “zapravka”lar faoliyatiga cheklov kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning barcha hududlarida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining ish soatlariga cheklovlar o‘rnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, endilikda respublikadagi barcha metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi.

Energetika vazirligi hamda “Hududgazta’minot” mamlakatda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab birmuncha oshganini, bu esa, o‘z navbatida, aholi iste’molining ko‘payishiga, pirovardida, gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib kelganini bildirgan. 

“Qolaversa, 7-16 dekabr kunlari oralig‘ida (8 dekabrda 0 daraja, 12 dekabrda -16 daraja) sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti. Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Vazirlikning ma’lum qilishicha, mazkur vaqtinchalik cheklov aholi iste’molchilari hamda ijtimoiy ob’ektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida ayni paytgacha respublikaning barcha hududida kiritilgan.

“Iste’molchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi rasmiy xabarda..

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made