Butun dunyoda oziq-ovqat narxi qimmatlashdi

Olam

image

Jahonda oziq-ovqat narxlari iyun oyida yil boshidan beri birinchi marta ko‘tarildi, deya xabar beradi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO).

Iyun oyida oziq-ovqat narxlari indeksi o‘rtacha 93,2 punktni tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan 2,4 foizga yuqoridir. O‘simlik moyining narxi ketma-ket to‘rt oy davomida pasaygandan keyin 11,3 foizga oshdi. Shakar 10,6 foizga, sut mahsulotlari 4 foizga qimmatlashdi. May oyidan beri don va go‘sht narxi 0,6 foizga tushib ketdi.

Hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha don ishlab chiqarish 2020 yilda yangi rekord darajaga – 2,7 milliard tonnaga yetishi kutilmoqda. Ayrim davlatlar uchun bug‘doy yetishtirish bashoratlari oshirildi.

May oyida koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri tufayli, oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlari 2018 yil dekabridan beri rekord darajada balandladi. May oyidagi pasayish, shakardan tashqari, barcha toifalarga ta’sir ko‘rsatdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing