Bo‘stonliqqa boradigan yo‘llar yopiladi
Jamiyat
−
09 Sentabr 8180 1 daqiqa
Joriy yilning 9-10-11 sentyabr kunlari velosport musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘llari yopiladi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu kunlar soat 08:00 dan 15:00 ga qadar D012 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 34-kilometridan boshlab, 54-kilometrlari (“Oqsoqota” MFY, “Fayz” kafesi) oralig‘ida transport vositalari harakati cheklanadi.
Boshqarmaga ko‘ra, Bo‘stonliq tumaniga boruvchi fuqarolar Chirchiq shahri, yoxud Qoramanas, Qo‘shqo‘rg‘on mahallalari orqali harakatlanishi mumkin.
Live
Barchasi