Bo‘stonliqqa boradigan yo‘llar yopiladi
Jamiyat
−
03 mart
11401Joriy yilning 4-5 mart kunlari velosport musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li yopiladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosport bo‘yicha sport ustasi “V.Iskandarov” xotirasiga bag‘ishlangan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan 4 mart kuni soat 10:00 dan 14:00 ga qadar D012 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 34 km (Chirchiq shaharga kirish “platina”)dan boshlab 54 kilometrlari (Oqsoqota MFY “Fayz” kafesi) oralig‘ida transport vositalari harakati cheklanadi.
Shu bilan birga, 5 mart kuni soat 10:00 dan 14:00 ga qadar D012 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 34 km (Chirchiq shaharga kirish “platina”)dan boshlab 66 kilometrlari (G‘alabasoy aholi yashash joyiga burilish “IBR” AYOQSH) oralig‘ida ham transport vositalari harakati cheklanadi.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Bo‘stonliq tumaniga boruvchi fuqarolar Chirchiq shahri yoxud Qoramanas, Qo‘shqo‘rg‘on mahallalari orqali harakatlanishlari mumkin.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel