Bo‘stonliqda yonib ketgan 7 uyning a’zolariga 22 ming dollar yordam puli tarqatildi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20 sentyabr kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chinor MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan 7 uy yonib ketdi. Mazkur hududda Toshkent viloyati hokimi boshchiligida shtab tuzilib, vayronalarni tozalash va uyi yonganlarni uy bilan ta’minlash ishlari boshlandi. 

Toshkent viloyati hokimligi yong‘indan jabrlangan fuqarolarga 5 million so‘mdan naqd pul tarqatdi. Yong‘in tufayli talafot ko‘rgan fuqarolarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 7 ta xonadonda yashagan 45 nafar fuqarolarning har biriga 5 000 000 (besh million) so‘mdan jami 225 000 000 (ikki yuz yigirma besh million) so‘m naqd pul tarqatildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 20 sentyabr kuni kuni soat 14:00 larda Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan 7 ta uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yong‘in S.Saidboboyevga tegishli 38-uyda kelib chiqqan. Elektr uzatgichda yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida uyning tom qismida chiqqan yong‘in, yonma-yon joylashgan 30, 32, 34, 36, 40-uylarga o‘tgan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun FVV tuman bo‘limining 65 nafar xodimi, 9 ta o‘t o‘chirish maxsus avtomashinalari, 3 ta suv tashish texnikasihamda tuman yo‘l qurilish bo‘limining 3 ta suv tashish texnikasi jalb etilgan. 

Shuningdek, yong‘inni o‘chirish uchun tuman IIBning 6, Milliy gvardiya tuman bo‘limining 10, mahallaning 50 nafar ko‘ngilli yoshlari jalb qilinib, qurilgan tezkor choralari natijasida soat 18:00 larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 

Yong‘indan talafot ko‘rgan uy-joy egalari haqida ma’lumotlar:

1.    30-uy – Faxriddin Ro‘ziboyevich Matboboyev, 05.10.1964 yilda tug‘ilgan, xonadonda 3 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan. 
2.    32-uy – Shoira To‘ychiyeva, 05.03.1959 yilda tug‘ilgan, xonadonda 9 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan. 
3.    34-uy – Hilola Xaydaraliyeva, xonadonda 7 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan. 
4.    36-uy – Toir Ro‘ziboyevich Minyazov, 22.03.1960 yilda tug‘ilgan, xonadonda 4 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan. 
5.    38-uy – Salim Tulanovich Saidboboyev, 30.03.1963 yilda tug‘ilgan, xonadonda 6 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan.
6.    40-uy – Karim Tulanovich Saidboboyev, 27.04.1959 yilda tug‘ilgan, xonadonda 6 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan. 
7.     44-uy – Hayitvoy Saidboboyev, 10.01.1955 yilda tug‘ilgan, xonadonda 10 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing