O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16-18 dekabr kunlari Toshkent viloyati Ohangaron va Bo‘stonliq tumani hamda Namangan viloyati Pop tumani baland tog‘liklarida qor ko‘chkisi xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ma’lumot e’lon qildi.

Nam havo oqimlarining kirib kelishi va havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan, Toshkent va Namangan viloyatlaridagi baland tog‘liklarda shakllangan qor qoplami ko‘chishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet dekabrning ikkinchi yarmiga oid dastlabki ob-havo prognozini ma’lum qilgandi. Unda 11-13 dekabr kunlari kuzatilgan kuchli sovuqdan so‘ng, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati ko‘tarilishi aytilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Ohangaron O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing