O‘zbekistonda dekabr oyining ikkinchi yarmida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zgidromet dekabrning ikkinchi yarmiga oid dastlabki ob-havo prognozini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 11-13 dekabr kunlari kuzatilgan kuchli sovuqlardan so‘ng O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tariladi.

14 dekabrda kechasi -8/-13 daraja, shimolda -15/-17 daraja sovuq bo‘ladi, kunduz kuni esa havo 0-5 darajagacha isiydi.

15-17 dekabr kunlari harorat kechalari 0/-5 daraja sovuq, ba’zi joylarda 2 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 4-9 darajadan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgaradi.

14-17 dekabr kunlari davrida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 16 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Poytaxtimizda 14-15 dekabr va 17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechalari -11/-13 daraja sovuqdan 0/-2 daraja sovuqqacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 14 dekabrda 1-3 daraja iliq, 15 dekabrda 4-6 daraja iliq, 16 dekabrda 0-2 daraja iliq, 17 dekabrda 2-4 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, 18-31 dekabr kunlariga oid O‘zbekiston bo‘yicha dastlabki ob-havo prognozi ham taqdim etildi.

19 dekabrda respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida, 20 dekabrda markaziy viloyatlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, dekabr oyining oxirgi besh kunlik ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda (1-2 kun) yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Havo harorati 18 dekabrda kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 19-20 dekabrda kechasi -3/-2 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti.

21-31 dekabrda harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan -3/-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0/-5 daraja sovuqdan -10/-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqdan -2/-7 daraja sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Oylik ob-havo prognozlari muntazam ravishda 2-6 kunlik prognozlar bilan yangilanib borilishi eslatib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing