Bo‘stonliqdagi YTH sababchisi ichki ishlar xodimi bo‘lmagan
Jamiyat
−
12 Sentabr 2019 4548 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududida haydovchi piyodani urib yuborgani va natijada jabrlanuvchi vafot etgani haqida xabar bergan edik. Haydovchi ichki ishlar xodimi ekani taxmin qilingandi.
Xabarda aytilgan holat Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib, rasmiy xabar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati bergan ma’lumotda Bo‘stonliq tumanida QALAMPIR.UZ keltirgan yo‘l-transport hodisasi yuz bergani tasdiqlangan. Biroq YTHga ichki ishlar xodimi emasligini bildirgandi.
Mazkur YTH yuzasidan to‘plangan hujjatlar Bo‘stonliq tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Live
Barchasi