Bo‘stonliqda kanalda oqib ketayotgan odam qutqarib qolindi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi kanalda oqib ketayotgan fuqaro qutqarib olindi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 dekabr kuni soat 14:56 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tuman IIB navbatchilik qismi tomonidan tuman hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida bir fuqaroning suvda oqib ketayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga ko‘ra, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Fuqaro qutqaruvchilar tomonidan tezkorlik bilan suvdan olib chiqilib, tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilgan.

Hayoti saqlab qolingan fuqaro hozirda shifokorlar nazoratida bo‘lib, o‘zini yaxshi his qilayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'stonliq kanal

Baholaganlar

157

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing