Bo‘stonliqda Gentra yonib ketdi
3-sahifa
−
27 may
6040Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Gentra rusumli mashina yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 27 may kuni soat taxminan 13:30 larda Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 2002 yilda tug‘ilgan A.K boshqaruvidagi Gentra rusumli transport vositasida qisqa tutashuv bo‘lganligi sababli yong‘in yuzaga kelgan.
Qayd etilishicha, haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi avtomobildan tushib qolgan.
“Ushbu yong‘in oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan, ammo avtoulov to‘liq yonib ketgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Gentra ko‘prikdan qulagandi.
LiveBarchasi