Bo‘stonliqda bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
3-sahifa
−
20 dekabr
3237Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ota-ona va ularning farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha, 19 dekabr kuni Bo‘stonliq tumani, “Fazogir” MFY, “Fazogir” ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida 1989 yilda tug‘ilgan ayol, uning 1981 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hamda ularning 2016 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandi vafot etgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ota va uning 3 nafar farzandi is gazidan vafot etgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi