Bo‘stonliqda bir necha kilometrlik tirbandlik yuzaga keldi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 2 yanvar kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlariga olib boruvchi yo‘lda uzundan uzun tirbandlik yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi.

Tarqalgan videolarda navbat bir necha kilometrga cho‘zilganini ko‘rish mumkin.

Yo‘l harakati xavfizligi bosh boshqarmasi holatga izoh berdi. Qayd etilishicha, ayni kunlarda Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlaridagi dam olish maskanlariga tashrif buyuruvchilar soni keskin ortgan. Xususan, Bo‘stonliqqa 6 mingdan ortiq transport vositasi kelgan.

Dam olish maskanlari atrofidagi avtoturargohlar transportlar bilan to‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'stonliq

Baholaganlar

314

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing