Bo‘stonliqda bir guruh shaxslar o‘rtasida janjal chiqdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bir guruh shaxslar o‘zaro janjallashgani aks etgan videolar tarqaldi. Unda tadbirkor o‘ziga 2024 yilda ajratilgan 1,5 gektar yer boshqa MCHJga berib yuborilganini, aynan shu MCHJ esa hududga sport bilan shug‘ullangan shaxslarni yuborganini aytadi. Shuningdek, u mazkur muammo hal qilinishida yordam so‘ragan. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat hududiy IIB tomonidan to‘liq nazoratga olinib, janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Voqeada hech kimga tan jarohati yetkazilmagan. Hozirda o‘rtadagi ko‘chmas mulk yuzasidan hujjatlarga aniqlik kiritish zarurati bilan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Videoda aks etgan, janjalda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborish choralari ko‘rilgan.

“Qonun ustuvorligi to‘liq ta’minlanib, jamoatchilik uchun qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi “Xitoy” jome’ masjidida fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida bir nafar shaxs yengil tan jarohati olgan.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Bo'stonliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing