Bo‘stonliqda ayrim yo‘llarda 5 yanvargacha bir tomonlama harakat tashkil etiladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining tog‘li qismida joylashgan ayrim yo‘llarida joriy yilning 5 yanvar kuniga qadar bir tomonlama harakat tashkil etiladi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Boshqarma Yangi yil bayrami munosabati bilan mamlakatda 1, 2, 3 yanvar kunlari dam olish kuni deb belgilanishi munosabati bilan ko‘plab fuqarolar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li hududlarida joylashgan dam olish maskanlariga uzluksiz ravishda tashrif buyurayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Tumandagi avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini inobatga olib, turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida joriy yilning 5 yanvar kuniga qadar “4R-12” “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 61-kilometridan “4R-6” “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo‘lining 57 kilometriga o‘tish qismidan ya’ni Bo‘stonliq tumanining G‘azalkent shahridan chiqish joyi to “4R-6” avtomobil yo‘lining 87 kilometriga ya’ni Bo‘stonliq tumani “Yusufxona” aholi yashash joyiga qadar avtomobillarning harakatlanishi bir tomonlama qilib tashkil etiladi. 

YHXBB ushbu holatda barcha haydovchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushunib, o‘rnatilgan yo‘l belgilariga rioya qilishlarini, xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlarining ishora va ko‘rsatmalariga amal qilib harakatlanishlarini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Chimyon avtomobil' Bo'stonliq

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing