“Burj Xalifa” O‘zbekiston bayrog‘iga burkandi
Olam
−
01 Sentabr 2020
15285Avvalroq, dunyodagi eng baland bino Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi “Burj Xalifa” O‘zbekiston bayrog‘iga burkanishi haqida xabar bergan edik.
“Burj Xalifa” O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan 1 daqiqa davomida ko‘k, oq, yashil tusga kirdi. Holat aks etgan video “Burj Xalifa” ma’muriyatining Twitter`dagi sahifasida joylandi.
Ma’lumot uchun, “Burj Xalifa” 2004-2010 yillar davomida qurilgan. Uning balandligi 828 metr. Bino 1,5 milliard dollarga qurilgan.
So‘nggi yillarda biror davlatda muhim hodisa yuz bersa yoki ayanchli falokat sodir bo‘lsa, dunyoga mashhur imoratlarning o‘sha davlat bayrog‘iga burkanishi urfga kirib ulgurdi.
LiveBarchasi