Nega Ronaldu o‘g‘liga telefon olib bermagan?
Sport
−
29 yanvar 2022
12522Angliyaning “Manchester Yunayted” klubining 36 yoshli portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu zamonaviy texnologiyalarning insonlar hayotiga ta’siri haqida gapirdi.
“O‘g‘lim butun vaqtini mendan telefonni qarzga olsa bo‘ladimi, deb so‘rash bilan o‘tkazadi va men unga hali vaqtli ekanini aytaman. Bu avlod haqiqatan ham bizdan bir qadam oldinda va yangi texnologiyalardan qanday foydalanishni bilishi kerak – lekin farzand tarbiyasida beparvolik qilib bo‘lmaydi. U gajetlardan foydalanishi mumkin, lekin doimiy emas”, deydi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu joriy yilning 27 yanvar kuni o‘z sevgilisi Jorjina Rodrigesni tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun Dubaydagi “Burj Xalifa”ni ijaraga olgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum APLda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Qizil iblislar” musobaqa turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Krishtianuning mankunianliklar bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
LiveBarchasi