Bo‘rondan keyingi Buxoro (fotoreportaj)

Bu qiziq

image

Xabaringiz bor, kecha, 27 aprel kuni Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda 15-25 m/s (54-90 km/soat) tezlikda kuchli shamol esishi natijasida ijtimoiy soha ob’ektlariga, aholi yashash xonadonlariga va xududdagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida avtotrasport vositalariga zarar yetdi.

Tabiiy ofatdan faqatgina mol-mukl emas, odamlar ham zarar ko‘rdi. 31 kishi jabrlandi va bir kishi halok bo‘ldi. 140 mingga yaqin xonadon gaz ta’minotidan uzildi. To‘g‘ri, kun davomida bu muammo hal etilgani haqida xabarlar berildi.

Buxoro viloyati hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida 5300 dan ortiq ob’ekt zarar ko‘rdi. Shundan 4800 tasi aholi xonadoni. Viloyatning Olot va Qorako‘l tumanlari eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidenti ham Buxoroga borib, ahvol bilan shaxsan tanishdi. Tomsiz qolgan namunali uylarni vertolyotdan kuzatdi.

Quyida e’tiboringizga Buxoroda bo‘rondan keyin olingan suratlarni taqdim etamiz.

11


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro tabiiy ofat

Baholaganlar

559

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing