Burkina-Fasoda qirg‘in. 40 ga yaqin odam terakt qurboni bo‘ldi
Olam
−
22 yanvar 2020
5310Afrikaning g‘arbiy davlati hisoblanmish Burkina-Fasoda terakt sodir bo‘ldi. Oqibatda 40 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RTB radiostansiyasi xabar bermoqda.
“20 yanvar, dushanba kuni qurollangan terrorchilar guruhi Nagraogo shahridagi bozorga hujum qilishdi. Odamlarga qarata o‘t ocha boshlashdi. Bozorni yoqishdi. Oqibatda 32 kishi, keyinchalik Alamu qishlog‘iga qilingan hujumda yana 4 kishi, jami 36 kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, terakt oqibatida uch kishi yaralandi”, deyiladi xabarda.
Hukumat halok bo‘lgan va jabrlanganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
Hech qaysi terrorchilik tashkiloti ushbu hujumni o‘z zimmasiga olmagan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi